35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“UCH AVLOD UCHRASHUVI”

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️“UCH AVLOD UCHRASHUVI”

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi, senator Rustamxon Kalanov boshchiligida Yunusobod tumanining “Billur” mahallasida “Yagona xalq, yagona Vatan, yagona maqsad!” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.

✅ Tadbirda Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Sh. Usmonov, Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari A. To‘laganov, tuman Kengashi deputati I. Ashrapova, nuroniy otaxon va onaxonlar hamda faol yoshlar ishtirok etdi.

🔺 Uchrashuv avlodlar o‘rtasidagi vorislilikni mustahkamlash, nuroniylarning boy hayotiy tajribasini yoshlarga yetkazish, yosh avlodni Vatanga sadoqat, ilm-ma’rifat va yuksak mas’uliyat ruhida tarbiyalashga qaratildi.

📚 Ochiq va samimiy muloqot davomida “Billur” mahallasida istiqomat qiluvchi 85 yoshli olim, texnika fanlari doktori, professor, fantast yozuvchi va rassom Qudrat Do‘stmuhammad o‘zining hayot yo‘li, ilmiy-ijodiy faoliyati hamda ibratli saboqlari bilan o‘rtoqlashdi.

📝 Shuningdek, zamonaviy beshkurash bo‘yicha xalqaro musobaqalar g‘olibi, maktabni oltin medal bilan tamomlagan hamda ayni paytda Toshkent davlat yuridik universitetida davlat granti asosida tahsil olayotgan iqtidorli yosh Samira Abzalova erishgan yutuqlari, kelgusidagi maqsadlari va mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi.

📉 Tadbir doirasida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni sport va ilm-fanga keng jalb etish, hududdagi sport infratuzilmasidan samarali foydalanish hamda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

🗣 Savol-javob va samimiy fikr almashuvlarga boy tarzda o‘tgan uchrashuv keksa avlodning tajribasi, o‘rta avlodning bunyodkorlik salohiyati hamda yoshlarning shijoatini bir maqsad yo‘lida birlashtirgan muhim ma’naviy-ma’rifiy maydon bo‘ldi.

💡 Mazkur tadbir navqiron avlod qalbida Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga hurmat, ilm-ma’rifatga intilish va jamiyat hayotida faol ishtirok etish tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5