35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#hokim_deputat #okrugda_ o‘rgaish #24_ta_masala

Oltinsoy tumani hokimi, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati Otabek Mavlyanov “Mustaqillik 10 yilligi” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va xonadonlar daromadini oshirish borasidagi ishlarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida kambag‘al va daromadi past oilalarning muammolari xonadonbay kesimida tahlil qilinib, har bir oila uchun mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, aniq daromad manbalarini yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

Fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik va tomorqachilik imkoniyatlaridan samarali foydalanish, kasb-hunarga o‘qitish hamda yangi daromad manbalarini shakllantirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Maqsad — har bir xonadonni kambag‘allikdan chiqarish, oilalar daromadini oshirish va mahallada farovonlikni ta’minlash.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5