Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining sessiyasida 2026-yil 2-mavsumida “Tashabbusli budjet” jarayonida g‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish masalasi muhokama qilindi.
👉🏻Sessiyada fuqarolar tomonidan ilgari surilgan hamda ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan loyihalar ro‘yxati va ularni moliyalashtirish bo‘yicha manzilli ro‘yxat Kengash qarori bilan tasdiqlandi.
📌 Qarorga asosan, g‘olib loyihalarni belgilangan tartibda moliyalashtirish, ularni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli hamda samarali foydalanish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.
✅Shuningdek, g‘olib loyihalarning amalga oshirilishi va bu boradagi natijalar haqida keng jamoatchilikni muntazam xabardor qilib borish belgilandi.
Bizni kuzatishda davom eting!