Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 21-Taraqqiyot saylov okrugi deputati A. Mamadiyev tomonidan saylov okrugidagi 8-son oilaviy poliklinikada aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi.
✔️O‘rganish davomida tibbiyot xodimlarining faoliyati, jumladan, patronaj xizmatining tashkil etilishi va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati ko‘zdan kechirildi.
✔️Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasi mas’ullari bilan tegishli choralar belgilandi. Mazkur masalalar deputatlik nazoratiga olindi.