35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#tuman_hokimi

Halq deputatlari Toyloq tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Behzod Raxmatullayev saylov okrugi Jumabozor mahallasida bo‘lib, davlat ta’minotidagi hamda Ijtimoiy himoya reyestrida turuvchi oilalar holidan xabar oldi.

✔️O‘rganish davomida xonadonlardagi mavjud sharoitlar, oilalarning kundalik ehtiyojlari va muammolari o‘rganildi. Fuqarolar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.

✔️Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ehtiyojmand fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

✔️Uchrashuvda bunday manzilli e’tibor va amaliy yordam aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oilalar farovonligini ta’minlash hamda inson qadrini ulug‘lashga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Slide 1 of 4