35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#nazorat #deputat faoliyatidan

Ushbu o'rganish ishlari Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Sanjar Mamayusupov tomonidan olib borildi.
O'rganish davomida e'tibor qaratilgan asosiy yo'nalishlar:
"Yoshlar daftari" va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash: Mahalladagi ko'makka muhtoj, ishsiz hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash holati va ularga ko'rsatilayotgan amaliy yordamlar tahlil qilindi.
Bandlik va tadbirkorlik: Yoshlarning bandligini ta'minlash, ularni kasb-hunarga o'rgatish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha ko'rilayotgan choralar ko'rib chiqildi.
Bo'sh vaqtni mazmunli tashkil etish: "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi tadbirlar, sport musobaqalari va madaniy uchrashuvlarning tashkil etilish darajasi baholandi.

Jarayon yakunida deputat Sanjar Mamayusupov tomonidan mahallada aniqlangan kamchiliklar ko'chama-ko'cha aylanish jurnaliga kiritilib, ijro nazoratiga olindi.
Yoshlar yetakchisining faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlar muammolarini o'z vaqtida hal etish hamda amaliy muloqotni kuchaytirish bo'yicha tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3