35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#nazorat

Olmaliq shahar "Saxovat" mahallasida joylashgan bolalar sport maydonchalarining holati shahar Kengashi deputati Lenura Baydullayeva hamda mahalla mas'ullari hamkorligida joyiga chiqqan holda atroflicha o'rganildi.

O'rganishlar davomida sport maydonchalarida aniqlangan bir qator kamchiliklar va ta'mirtalab holatlar deputatning "Ko'chama-ko'cha yurish va muammolarni aniqlash daftari"ga kiritildi.
Choralar va ijro:
Maydonchalarni o'z vaqtida ta'mirlash va soz holatga keltirish yuzasidan hududga mas'ul BSK (Boshqaruv servis kompaniyasi) ogohlantirildi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo'yicha aniq muddatlar belgilandi.
Ishlarning o'z vaqtida va sifatli bajarilishi deputat tomonidan shaxsiy ijro nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4