#doimiy_komissiya_Uchtepa #deputatlik_faoliyati #ekspert_guruhlari
MAHALLIY BYUDJETNING QO‘SHIMCHA MANBALARIDAN FOYDALANISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
💹 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
💬 Yig‘ilishda Uchtepa tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.
⏫️ Muhokama davomida qo‘shimcha manbalarni belgilangan tartibda va maqsadli yo‘naltirish, mavjud mablag‘lardan samarali foydalanish hamda hududning dolzarb ehtiyojlarini inobatga olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Doimiy komissiya a’zolari tomonidan masala yuzasidan tegishli taklif va fikrlar bildirilib, mablag‘lardan oqilona foydalanish hamda budjet mablag‘larining samaradorligini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar muhokama qilindi.
💼 Mazkur doimiy komissiya yig'ilishida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari U.Abilov va Z.Kuziyevalar ham ishtirok etdilar.
📈 Mahalliy byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga xizmat qiladigan yo‘nalishlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi deputatlik nazorati davom ettiriladi.