35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq roziligi — islohotlar mezoni
Termiz shahrida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash hamda "mahalla yettiligi" bilan o‘zaro hamkorlikda muammolarga tezkor yechim topish borasidagi deputatlik va senatorlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi D.Suvonova, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, shahar hokimi, deputat Sh.Lolayev, kotibiyat mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida shahardagi “Alpomish” mahallasida bo‘lishdi.

Mazkur nazorat-tahlil jarayoni Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” mezonlari doirasida olib borildi.

Bugungi kunda "Alpomish" mahallasida infratuzilmani rivojlantirish, ichki yo‘llarni saqlash hamda ko‘chalarni obodonlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli bunyodkorlik va joriy ta’mirlash ishlari jadal olib borilmoqda.

Tashrif davomida mas’ullar bevosita mahalla ko‘chalarida yurib, joylardagi jarayonlar bilan tanishdilar va mahalla fuqarolari bilan ochiq, samimiy muloqot o‘tkazdilar.

Suhbat chog‘ida mahalla ahli hududda so‘nggi vaqtlarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari, yo‘llarning asfaltlanishi va infratuzilmaviy yangilanishlarni alohida e’tirof etib, ko‘rsatilayotgan e’tibor va amaliy ishlar yuzasidan o‘zlarining samimiy minnatdorchilik hamda mamnunlik fikrlarini bildirdilar.

"Senat Kengashining KQ-35-sonli qarori mohiyati ham aynan shunda — xalq vakillari va 'mahalla yettiligi' bir tanu bir jon bo'lib, har bir mahalla dardi bilan yashashi lozim. Bugun 'Alpomish' mahallasi aholisi bilan muloqotda ularning yuz-ko'zidagi quvonchni, qilingan obodonchilik ishlariga bergan yuksak bahosini ko'rib xursand bo'ldik. Aholi roziligi — biz uchun eng oliy bahodir," — deya ta'kidladi senator D.Suvonova.

"Alpomish" mahallasini yanada obod, shinam va xavfsiz hududga aylantirish yo‘lidagi amaliy ishlar izchil davom ettiriladi.
Slide 1 of 6