35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Biriktirilgan tashkilotda navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala hamda Qonun ijrosi o'rganildi

#mahalliy_budjet
#deputatlik_nazorati
#kotibiyat_mudiri_faoliyati
#nazorat_tahlil
#162_ta_Qonun
#biriktirilgan_tashkilot
#sessiya_kun_tartibidagi_masala

Biriktirilgan tashkilotda navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala hamda Qonun ijrosi o'rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Ochildiyev hamda Kengash kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev tomonidan deputat B.Ochildiyevga biriktirilgan tashkilot — tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tashkilot bilan deputatlik hamkorligini yo‘lga qo‘yish, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tahlil qilish hamda mahalliy budjet ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida”gi masala yuzasidan atroflicha o‘rganish olib borildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 126-moddasiga asosan, Qiziriq tumani hokimining Xalq deputatlari tuman Kengashiga taqdim etgan taklifiga muvofiq, tuman mahalliy budjetining 2026-yil II chorak yakuni bo‘yicha aniqlangan prognozdan oshirib bajarilgan qismi hisobidan jami 4 846 756,0 ming so‘m (to‘rt milliard sakkiz yuz qirq olti million yetti yuz ellik olti ming so‘m) mablag‘ni yo‘naltirish taklifining qonunchilik talablariga muvofiqligi o‘rganildi.

Bundan tashqari, 2026-yil II chorak yakuni bo‘yicha Qiziriq tumani budjetining maxsus g‘azna hisobvaraqlariga elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan tushumlar hisobidan jami 549 206,0 ming so‘m (besh yuz qirq to‘qqiz million ikki yuz olti ming so‘m) mablag‘ni yo‘naltirish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqini elektron onlayn auksion savdolari orqali sotishdan hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berishdan tushgan tushumlar hisobidan jami 1 038 177,0 ming so‘m (bir milliard o‘ttiz sakkiz million bir yuz yetmish yetti ming so‘m) mablag‘ni yo‘naltirish bo‘yicha takliflarning qonuniyligi o‘rganildi.

Bundan tashqari, 2026-yil II chorak yakuni bo‘yicha davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan tushum hisobidan jami 17 100,0 ming so‘m (o‘n yetti million yuz ming so‘m) mablag‘ni yo‘naltirish to‘g‘risidagi takliflar yuzasidan tayyorlangan xulosalar ham atroflicha ko‘rib chiqildi.
O‘rganish jarayonida mazkur mablag‘larni yo‘naltirish bo‘yicha tayyorlangan xulosalarning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi, mablag‘lardan belgilangan maqsadlarda foydalanish imkoniyati hamda ularning moliyalashtirish manbalari tahlil qilindi.

Shuningdek, ajratilgan mablag‘lar doirasida belgilangan tartibda to‘lovlarni amalga oshirish, moliyalashtirish manbasini ochish uchun zarur hujjatlarni belgilangan tartibda tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limiga taqdim etish, mablag‘lardan to‘g‘ri, maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlash holatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, 2013-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-360-son Qonuni ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida ham o‘rganish olib borilib, budjet mablag‘laridan foydalanishning qonuniyligi va samaradorligi yuzasidan tegishli tahlillar amalga oshirildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, budjet mablag‘laridan qonuniy, maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek, mablag‘larni yo‘naltirish jarayonida qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha ishlarni davom ettirish belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3