35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#Hokim_va_Kengash_raisi_hamkorlikda_saylovchilar_bilan_uchrashuv_o‘tkazdi

Uchrashuvda tumandagi tegishli davlat tashkilotlari va korxona-tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etib, fuqarolarni qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat va takliflarni tingladi. 

Muloqot davomida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholini, ayniqsa yoshlarni ish bilan ta’minlash, ta’lim, sport, infratuzilmani rivojlantirish hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan qator murojaat va takliflar bildirildi. 

Tumani hokimi hamda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi tomonidan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularning ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa ijrosi yuzasidan nazoratga olindi. 

Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Slide 1 of 10