35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda

Biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari, doimiy komissiyalar hamda biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, faoliyat samaradorligini oshirish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

Navbatdagi o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati F. Bozorova tuman Davlat arxivi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida arxivda hujjatlarni saqlash, tartibga keltirish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Deputat tomonidan mavjud holat yuzasidan fikr va takliflar bildirilib, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

🤝 Hamkorlik — samarali deputatlik nazorati va ochiq muloqot garovi.

Slide 1 of 2