Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatining deputatlik so‘rovi asosida Sanchiqul mahallasi Nafosat ko‘chasidagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo bartaraf etildi.
📌 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali Pastdarg‘om tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan ma’lum qilinishicha, murojaatda ko‘tarilgan masala mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganilgan.
🔹 O‘rganish natijasida uzoq yillar foydalanilgan va texnik jihatdan eskirgan elektr uzatish tayanchlarini almashtirish zarurligi aniqlanib, quyidagi ishlar amalga oshirildi:
✔️ Ta’mirtalab simyog‘ochlar demontaj qilindi;
✔️ Ularning o‘rniga 14 dona zamonaviy temir-beton tayanch o‘rnatildi;
✔️ Elektr uzatish tarmoqlari amaldagi texnik me’yor va talablarga muvofiq tartibga keltirildi;