35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlik so‘rovi nazoratida: Qushchinor mahallasidagi elektr tayanchlari bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati tomonidan Qushchinor mahallasi Oltin vodiy qishlog‘idagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ining avariya holatidagi 2 dona tayanchi yuzasidan yuborilgan takroriy deputatlik so‘roviga mutasaddi tashkilot tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Javob xatida qayd etilishicha, deputat so‘rovida ko‘tarilgan masala mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqib qayta o‘rganilgan. ikkitasi egilganligi sababli zudlik bilan texnik choralar ko‘rish zarurligi aniqlangan.

Shunga ko‘ra, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida yaqin kunlarda nosoz tayanchlarni vaqtinchalik mustahkamlash (tirgak o‘rnatish) ishlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, ularni yangi temir-beton tayanchlarga almashtirish korxonaning tasdiqlangan ta’mirlash rejasi asosida eng qisqa muddatlarda ba

Slide 1 of 1