Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#doimiy_komissiya_qarori
#doimiy_komissiya_qarori

2026-yil 16-iyul kuni Kogon shahar Kengashi doimiy komissiyasida shaharda jinoyatchilikni oldini olish va kriminogen vaziyatni yaxshilash masalasi ko‘rib chiqildi.

Hisobotga ko‘ra, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib, videokuzatuv tizimlari joriy etildi va “xavfsiz hudud” loyihalari yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga, ayrim turdagi jinoyatlar oshgani qayd etilib, muammoli mahallalarda profilaktika choralarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Masala yuzasidan mas’ul idoralarga aniq topshiriqlar berildi, ijro nazorati doimiy komissiya zimmasida qoldirildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash