Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Salomatlik va strategik rivojlanish instituti tuman bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Salomatlik va strategik rivojlanish instituti tuman bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A. Otayev, “Adolat” SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov tomonidan Salomatlik va strategik rivojlanish instituti tuman bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida bo‘limning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda belgilangan vazifalar ijrosi bilan yaqindan tanishildi.

Bo‘lim rahbari tomonidan joriy yil davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, istiqboldagi rejalar hamda tizim samaradorligini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Slide 1 of 1