Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat saylovchilar murojaatlarini joyida o‘rgandi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 18-"Navro‘z" saylov okrugidan saylangan deputat R.Talipdjanov tomonidan "Navro‘z" mahalla fuqarolar yig‘inida tasdiqlangan reja-grafik asosida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi X.Abdullayev, O‘zbekiston Respublikasi O‘zLiDeP partiyasi Qo‘qon shahar Kengashi raisi T.Mo‘minov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo‘qon shahar Kengashi raisi A.Akbarov ishtirok etib, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishda amaliy ko‘mak ko‘rsatdilar.

Uchrashuv davomida A.Navoiy mavzesi 105/11-uyda yashovchi fuqaro Matmusayeva Madinaxon tomonidan tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va oilaviy daromadini oshirish maqsadida tikuv mashinasi ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaat bildirildi.

Deputat tomonidan murojaat joyida o‘rganilib, fuqaroning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida zarur choralarni ko‘rish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan belgilangan tartibda hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5