Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq tashabbusi — deputat nazoratida: 12-sonli maktabning binosini ta’mirlash ishlari joyida o‘rganildi!
Mazkur o‘rganish jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ–5072-sonli “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 18-apreldagi KQ–334-VI-sonli hamda 2024-yil 30-janvardagi KQ–666-IV-sonli qarorlari ijrosi doirasida tashkil etildi.

💬O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi, ekspert guruhi rahbari A.Mustafakulov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov ishtirok etdi.

💬Nazorat tadbiri davomida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 8-apreldagi VII-20-28-8-121-K/26-son qarori ijrosi, xususan 2026-yil 1-mavsum yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan ID-053467162009-sonli loyiha doirasida 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi:

🟢Oshxonani zamonaviy qiyofaga keltirish: Maktabning bugungi kunda ma’nan eskirgan oshxona binosini to‘liq ta’mirlash, eski kafellarni almashtirish va uni zamonaviy sanitariya-gigiyena talablariga moslashtirish;

🟢Maktab fasadini yangilash: Ta'lim muassasasi binosining tashqi fasad (tashqi ko‘rinish) qismini to‘liq va sifatli ta’mirlash;

🟢Yo‘laklarni obodonlashtirish: Maktab hududiga kirish qismi va asosiy yo‘laklariga zamonaviy bruschatka toshlarini yotqizish ishlarining borishi atroflicha tahlil qilindi.

💬"12-sonli maktabda bugun 'Tashabbusli budjet sharofati bilan bu yerda zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda. Bizning vazifamiz — qurilish ishlarining sifatsiz bajarilishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslikdir. Oshxona jihozlari, fasad bo‘yoqlari va yo‘lakka to‘shalayotgan bruschatkalar uzoq yillar bolajonlarimizga xizmat qilishi shart," — deya ta’kidladi komissiya A.Mustafakulov.

📌O‘rganish yakunlari bo‘yicha tayyorlangan batafsil tahliliy ma’lumotlar hamda doimiy komissiyaning xulosalari Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga taqdim etiladi.

🫥Budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda loyihalarning o‘z vaqtida, sifatli yakunlanishi yuzasidan qat’iy choralar ko‘riladi.
Slide 1 of 9