Yangiliklar

Xalq deputatlari Kattaqо‘rg‘on tuman Kengashi deputati I.Mardonov

#24_ta_masala

🏥Xalq deputatlari Kattaqо‘rg‘on tuman Kengashi deputati I.Mardonov tomonidan Kattaqо‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasida aholiga kо‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda davolash jarayonlari о‘rganildi.

🩺О‘rganish davomida shifoxona bо‘limlaridagi mavjud holat, tibbiy jihozlardan samarali foydalanish, bemorlarga kо‘rsatilayotgan xizmatlarning sifat darajasi va murojaatlar bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

💊Shuningdek, bemorlar va tibbiyot xodimlari bilan suhbat о‘tkazilib, sohada uchrayotgan ayrim muammo va takliflar muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish bо‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram