Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdulhakim Eshboyev va Xalq deputatlari Oltinsoy tuman 22-Mingchinor saylov okrugidan saylangan deputat, Kengashi raisi A.Turdiyev Oltinsoy tumanining Xalqobod mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida mahalla fuqarolar yig‘ini faollari va mahalla vakillari ishtirokida mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 162 ta qonun hamda 24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilash maqsadida fikr va mulohazalar qayd etildi.
🕊Telegram💬Facebook🌐E-kengash 📸Instagram