Yangiliklar

#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #ekpert_guruhi
#qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#tavsiyalar
#ekpert_guruhi

Mahallada aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati K. Yodgorova tomonidan hududda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida Biznesni rivojlantirish bankining mazkur mahallaga biriktirilgan mas’ul bank agenti Sattorova Zilola Ne’matovna tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, aholini tadbirkorlikka jalb etish, imtiyozli kreditlar va bank xizmatlari bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot ishlari bilan tanishildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar hududdan saylangan deputat K. Yodgorova nazoratida bo‘lib, deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash vazifalari Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z. Temirova tomonidan amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 3