Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI
янв.21
❗️ Bugun – onlayn ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!
янв.21
Oliy Majlis Senatida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari raislari hamda hokimlar uchun o‘quv seminarlari yakunlanmoqda.
янв.21
Oltinsoy tumanida KQ-35-V-sonli qaror ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet jarayonlarida ochiqlik va samaradorlikni oshirishga qaratilgan yangi moliyalashtirish mexanizmlari joriy etilmoqda
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – BARCHAMIZNING BURCHIMIZ
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish — taraqqiyot garovi
янв.21
O'quvchi tuman hokimi bilan inglizcha muloqot qildi
янв.21
Ijtimoiy soha doimiy nazoratda
янв.21
Tuman hokimi va deputatlar 1-sonli texnikum faoliyati bilan tanishdi
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA

Xalq deputatlari Urgut tuman Kengashi deputati Sherali Xudoyqulov Prezidentimizning 2024 yil 23 sentyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Kambag‘allikdan faravonlik sari” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida mahallalarga chiqib, aholi o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib bormoqda.

Tumanning “Beshkapa-2” mahallasidadagi xonadonlarga tashrif buyurgan deputat fuqarolar bilan ochiq muloqotga kirishdi. Suhbatlar asnosida qishloq joylarida aholi turmush faravonligini oshirishning eng maqbul yo‘li mavjud tomorqalardan samarali foydalanish hamda xaridorgir ekinlarni almashlab ekish orqali yuqori hosil ko‘tarish, yetishtirilgan mahsulotlarni esa bozorga sotib daromadni ko‘paytirish ekanligini alohida takidladi.

Mahallada bu boradagi ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘yib, mo‘maygina daromad topayotgan ishbilarmon kishilar boshqalarga na’muna sifatida ko‘rsatilib, ularning tajribasini barcha oilalar joriy etish zarurligi xonadonlar sohiblariga uqtirildi.

Deputat dastur ijrosini ta’minlash bilan bir qatorda mahalla ahlini qiynab kelayotgan muammolarni ham o‘rgandi. Ularning asosini mahalla xududida bolalar sport maydonchasi barpo etish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish,, kommunal sohada yuzaga kelayotgan masalalarga yechim topish bilan bog‘liq o‘nga yaqin murojaatlar tashkil etdi.

Fuqarolardan tushgan murojaatlarning 2 tasi shu yerda hal etildi, 4 tasi bo‘yicha tushuntirish berildi, 3 tasi yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuboriladigan bo‘ldi.  

Slide 1 of 1