Yangiliklar

#DEPUTATLIK_NAZORATI

Xalq deputatlari viloyat Kengashining 35-Qorliq saylov okrugidan saylangan deputat J.Pardayevning yordamchisi T.Abdullayev, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, O‘zMTDP tuman Kengashi raisi A.Mamatmuratov, O‘zLiDeP tuman Kengashi raisi J.Hayitov вa Kengash kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirokida “Mo‘minqul” mahalla fuqarolar yig‘inida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi. 

O‘rganish davomida mahalla raisi tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlari
bilan ishlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, fuqarolar bandligini ta’minlash hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati tahlil qilindi. 

Shuningdek, mahalla hududida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar hamda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. 

Deputatlik nazorati yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi. Mazkur tadbir hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish va mahalla tizimi faoliyati ustidan jamoatchilik hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi. 

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati 

   

Slide 1 of 3