✅Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati Sh. Tagaeva hamda tumandagi Oltinsoy mahallasi “Mahalla yettiligi” vakillari bilan hamkorlikda Oltinsoy mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Q.Gning oilaviy masalalar yuzasidan qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.
✅O‘rganish jarayonida murojaatda ko‘tarilgan holatlar atroflicha tinglanib, oiladagi muhitni sog‘lomlashtirish, oila mustahkamligini saqlash hamda o‘zaro hurmat va mas’uliyatni kuchaytirish yuzasidan suhbat olib borildi.
✅Shuningdek, deputat Sh. Tagaeva tomonidan fuqaro F.Gga oilada ayolning o‘rni, uning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati, milliy qadriyatlarimizga xos odob-axloq mezonlari hamda oilaviy munosabatlarda sabr-toqat va o‘zaro tushunish muhim ahamiyat kasb etishi yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
✅Suhbat davomida oilaviy muammolarni tinch va o‘zaro kelishuv asosida hal etish, farzandlar manfaatini ustuvor qo‘yish hamda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham bildirildi.
✅Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, aholining muammolariga yechim topish va oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.