O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 7 maydagi “Energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalarni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 300-sonli qarori asosida Romitan tuman Attaron MFYdagi Attaron oilaviy shifokorlik punktini mukammal ta’mirlash ishlari boshlandi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Tog’ayev hamda 5-Bog’cha saylov okrugi deputati M.Atoyevalar qurilish va ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlar sifatli hamda belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko’rsatmalar berdi. Mazkur ishlar aholiga zamonaviy va sifatli tibbiy xizmat ko’rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.