Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Mustafaev Azat Yesbosinovich tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir amaliy tashabbus amalga oshirildi.
🏫 Deputat Taxiatosh tumani 1-sonli maktab sport zalida tashkil etilgan “Qo‘l jangi” to‘garagi faoliyati bilan tanishib, yosh sportchilar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi.
🎁 Uchrashuv davomida sportchilar uchun:
💰 sport mashg‘ulotlarini yanada samarali tashkil etish maqsadida umumiy qiymati 8 million so‘mlik sport inventarlari sovg‘a qilindi.
✨ Bu esa yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish hamda yangi yutuqlar sari ruhlantirishga xizmat qiladi.
📚 Shu bilan birga, deputatning yoshlar sporti va kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlash, homiylik qilish borasidagi tashabbuslari aholi tomonidan iliq qarshi olinmoqda.
👏 Yoshlarga yaratilayotgan bunday e’tibor va amaliy ko‘mak — kelajakka qilingan muhim investitsiyadir!