Yangiliklar

SESSIYA ISHIDA

Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘iga 11-Guliston saylov okrugidan deputat Mamatmuratov A’zamat Karamatovich tomonidan savol berildi.

Unda mahallalarda faoliyat yuritayotgan beshta komissiya ishini samarali tashkil etish, 10 foizlik mablag‘lardan maqsadli foydalanish, shuningdek obodonlashtirish ishlari yuzasidan komissiyalar tuzib, o‘rganish ishlarini deputatlar ishtirokida olib borish masalalari ko‘tarildi.

Mazkur savol yuzasidan tegishli tushuntirish va javoblar berildi.


✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 1