O‘rganish davomida muassasada ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, mavjud shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza hamda qonun talablariga rioya etilishi tahlil qilindi.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, bolalar uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish, ta’lim jarayoniga ilg‘or usullarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda faoliyatni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur o‘rganishlar maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish va bolalarning har tomonlama barkamol voyaga yetishiga xizmat qiladi.