9-may — Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 81 yilligi munosabati bilan shahrimizda nuroniylar holidan xabar olish, ularga cheksiz ehtirom ko‘rsatish an’anaga aylangan.
Bugun shahar Kengashi raisi P. Ro‘ziboyev boshchiligida, shahar nuroniylar kengashi raisi A. Abdullayev va shahar Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari D. Jumaniyazovlar hamkorligida shahrimizdagi bir guruh urush va urush orti mehnat faxriylarining xonadonlariga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida Nuroniylarning holidan xabar olinib, ularning dildosh suhbatlari tinglandi va Mustaqilligimiz va bugungi tinch hayotimizga qo‘shgan hissalari uchun minnatdorchilik bildirildi.