“Navro‘z” mahallasida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri K. Muhammadiyev “Navro‘z” mahallasidagi QVPda bo‘lib, tez tibbiy yordam ko‘rsatish holati hamda muassasaning dori-darmonlar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rgandi.
Tashrif davomida aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, shifokor va hamshiralar faoliyati hamda mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasi, zarur dori vositalari zaxirasi hamda aholiga tez va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada yaxshilash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#K_Muhammadiyev