Yangiliklar

Deputat tomonidan "Zarbdor" mahallasida tomorqadan samarali foydalanish o‘rganildi

Deputat tomonidan Zarbdor mahallasida tomorqadan samarali foydalanish o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J. Donayev o‘zi saylangan 19-Zarbdor saylov okrugidagi “Zarbdor” mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi bilan birgalikda hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, mahallada tomorqadan unumli foydalanib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar faoliyati o‘rganildi. Ularning ish jarayoni, erishayotgan natijalari hamda mavjud imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va tomorqadan samarali foydalanishni kengaytirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#J_Donayev

Slide 1 of 2