Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi U.Abdunazarov Xalq deputatlari shahar Kengashining 13 - Bobur saylov okrugi deputati O‘zLiDEP partiyasi a’zosi N.Uralova bilan Bobur mahallasidagi “mahalla
yettiligi” a’zolarini faoliyati bilan tanishildi.
Bobur mahallasida 902 ta xonadonlarda 986 ta oila mavjud bo‘lib, ularda 3537 nafar fuqarolar istiqomat qilib kelmoqda. Bugungi kunda 585 nafar yoshlar bo‘lib, yoshlar yetakchisi tomonidan turli xil tadbirlar
va uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda. Ijtimoiy xodim tomonidan mahalladagi 65 nafar nogironlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Bundan tashqari 66 nafar bolalar nafaqasini oluvchilar va 3 nafar yolg‘iz pensionerlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Xotin-qizlar faoli tomonidan 1458 nafar xotin-qizlar bilan ish faoliyati olib bormoqda. Mazkur mahallada 5 ta nizoli oilalar bo‘lib, ayollar o‘rtasida 1 ta jinoyat sodir etilgan va 2 nafar probatsiya hisobida turadi. Hokim yordamchisi tomonidan mahalladagi
ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash va tadbirkorlarga bank kreditlar orqali yordam ko‘rsatib kelmoqda. Tanishuv jarayonida har bir mutaxassis bilan alohida suhbatlashib, ish unumdorligi va samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
 

   

Slide 1 of 2