Yangiliklar

DEPUTAT NAZORATI

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi A.Turdiyev tomonidan hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish maqsadida navbatdagi o‘rganish tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir doirasida “Tog‘ay Murod” mahallasi “yettilligi” bilan hamkorlikda 43-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari atroflicha ko‘zdan kechirildi. 

O‘rganish jarayonida qurilishning borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda loyiha talablariga mosligi alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar vakillariga aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 10