Deputatlar 7 gektar maydonni egallagan yangi zamonaviy issiqxonaning qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.
✔️Ushbu issiqxona mahalliy aholi uchun nafaqat yangi ish o‘rinlarini yaratadi, balki yil davomida sifatli va ekologik toza meva-sabzavotlar yetishtirish imkonini beradi.
🔅O‘z navbatida ushbu loyiha doirasida:
▶️ Aholi bandligi: Loyiha ishga tushirilgach, mahallada bir qator yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
▶️ Mahsulotlar ta’minoti: Aholining yil davomida meva-sabzavotga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga yordam beradi.
▶️ Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish: Zamonaviy texnologiyalar asosida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga turtki bo‘ladi.
▶️ Daromad manbai: Mahalliy tadbirkorlar uchun yangi daromad manbai yaratiladi.
💬"Ushbu issiqxona qurilishi nafaqat "Kokildorota" mahallasi, balki butun shahrimiz uchun katta foyda keltiradi. Bu — xalqimiz dasturxoniga fayz, odamlarimiz hayotiga esa yangi imkoniyatlar olib kiradi," — ta’kidladi deputat M.Sidiqova.
🫥Yangi issiqxonaning tez kunlarda ishga tushirilishi aholining turmush farovonligini oshirishga va qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.