Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashiga Oxunboboyev saylov okrugidan deputat M. Matyoqubov aholiga bepul dori-darmonlar yetkazib berish holatini o‘rganish maqsadida Oxunboboyev oilaviy shifokorlik punktida bo‘ldi.
O‘rganish davomida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-iyundagi 382-sonli qarori talablariga muvofiq, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida davlat byudjeti hisobidan qoplanadigan kafolatlangan tibbiy xizmatlar hamda bepul dori-darmonlarni yetkazib berish tizimi yo‘lga qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur hududda 8936 nafar aholi bepul dori-darmonlar bilan ta’minlanayotgani qayd etildi.
Suhbatlar davomida fuqarolar ushbu ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimidan mamnun ekanliklarini, bu esa davlatimiz tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning amaliy natijasi ekanini ta’kidlab o‘tdilar.