Yangiliklar

Sessiya oldidan doimiy komissiyalar faoliyati muhokama qilindi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi X. R. Sultanov tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi oldidan doimiy komissiyalar raislari va a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda doimiy komissiyalar tomonidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishlar bayonnomalarini rasmiylashtirishni amaldagi talablar asosida tashkil etish, sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masalalarni joylarga chiqib o‘rganish hamda qabul qilingan qarorlar ijrosini tanlov asosida nazorat qilish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, “Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari” bo‘yicha doimiy komissiya raisi S. Ahmedovga deputatlarning hudud ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi faolligini oshirish, sessiyalarda muntazam ishtirok etishini ta’minlash hamda aholi o‘rtasida ibratli faoliyatni kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2