Yangiliklar

DEPUTAT NAZORATI

Mazkur yo‘nalishda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Xaitova Ayjomal Nazirovna tomonidan 9-“Bibizaynab” saylov okrugiga qarashli “Bibizaynab” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari tashkil etildi. 

O‘rganish jarayonida tuman Kengashi kotibiyati mudiri M. Xo‘janov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A. Esanov va I. Roziqovlar ishtirok etib, hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarining holatini atroflicha tahlil qildilar. 

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi. 

  ✍️Oltinsoy tumani Kengash
Kotibiyati Axborot xizmati
  

Slide 1 of 5