Yangiliklar

Deputat so‘rovi yuborildi!

Bog‘i eram MFY hududidagi Iftixor ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro To‘raboyeva Gulnigor murojaati asosida hudud o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar natijasida ichimlik suv tarmoqlarida qator jiddiy muammolar mavjudligi aniqlandi:

🔹 Suv quvurlarining sifatsiz ta’mirlanganligi

🔹 Ayrim nuqtalarda suv sizib chiqishi holatlari

🔹 Suv sifatining yomonlashishi va noxush hid paydo bo‘lishi

🔹 Aholiga ichimlik suvi uzluksiz yetkazib berilmayotgani

Shuningdek, hududda ichimlik suviga bo‘lgan talab ortib borayotgani, mavjud tarmoqlar esa zamonaviy talablarga to‘liq javob bermasligi qayd etildi.

📌 Shu munosabat bilan mas’ul tashkilotlarga:

✔️ Muammoni joyiga chiqib to‘liq o‘rganish

✔️ Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish

✔️ Tizimni ta’mirlash va modernizatsiya qilish bo‘yicha zudlik bilan amaliy choralar ko‘rish yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash — ustuvor vazifa!

Slide 1 of 4