Yangiliklar

#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 18-Navoyi saylov okrugidan saylangan deputat B.Ahmadov Xumin MFY saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida hududda joylashgan “Xon Xo‘ja” qabristonining holati atroflicha muhokama qilindi.

✔️Ma’lum qilinishicha, mazkur qabristonning umumiy maydoni 22 gektarni tashkil etsa-da, hozirgi vaqtda uning atrofi to‘liq o‘rab olinmagan va elektr ta’minoti yo‘lga qo‘yilmagan. Bu esa qabriston hududini saqlash va tartibga solishda muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.

✔️Shuningdek, qabriston atrofidagi yer maydonlarida “Yashil bog‘” barpo etish imkoniyati mavjudligi ta’kidlandi. Biroq ushbu tashabbusni amalga oshirishda asosiy muammo sifatida sug‘orish uchun suv ta’minotining yo‘qligi qayd etildi.

✔️Uchrashuv yakunida deputat B.Ahmadov murojaat yuzasidan tuman hokimi J.Xudoyevga 10.04.2026 yil 38-ds-275-26-sonli deputat so‘rovi yubordi. Hudud infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 2