Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Narmuratov Abdunazar Jurayevichdan navbatdagi deputatlik so‘rovi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Oltinsoy tumani Kengashining haftalik ish rejasi
янв.21
Oltinsoy tumani Kengashining haftalik ish rejasi tahlil
янв.21
Doimiy komissiya va Yoshlar maslahat guruhi
янв.21
Senatda Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – BARCHAMIZNING BURCHIMIZ
янв.21
KENGASH RAISI YOSHLAR MASLAHAT GURUHI VA ISHSIZ YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – BARCHAMIZNING BURCHIMIZ
DEPUTAT VA YOSHLAR YETAKCHISI UCHRASHUVI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR TAHLIL QILINDI

Xalq deputatlari shahar Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari saylangan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish bo‘yicha savolnomaning 1 bandi (mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi xolati) ijrosini ta’minlash bo‘yicha shahar Kengashi deputati F.Rahmanov shahardagi “Beshmergan” mahallasi yoshlar yetakchisi bilan uchrashdi. 

Uchrashuv davomida deputat F.Rahmanov tomonidan mahalladagi yoshlar yetakchisining ish faoliyati, xususan, "Yoshlar daftari" bilan ishlash tizimi va yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi hisoboti tinglandi. 

O‘rganish davomida yoshlar bandligi masalasida mahalladagi ishsiz yoshlar ro‘yxati qayta xatlovdan o‘tkazilib, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, subsidiya yoki suda asosida asbob-uskunalar ajratish hamda bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Bundan tashqari "Beshmergan" mahallasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarining yoshlar dunyoqarashiga ta’siri hamda ularning qamrov darajasi ko‘zdan kechirildi vashu o‘rinda yoshlarning murojaatlari bilan ishlash tartibi va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda yuzaga kelayotgan to‘siqlar muhokama etildi. 

Deputat F.Rahmanov tomonidan mahalla yoshlar yetakchisiga yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ayniqsa, "og‘ir" toifadagi yoshlar bilan yakka tartibda ishlashni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va yoshlar bandligini ta’minlash borasida bir qancha taklif va tavsiyalar berdi. 

Maqsad, “Beshmergan” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligini tahlil qilish, “Yoshlar daftari” bilan ishlash tizimini ko‘zdan kechirish hamda ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi amaliy ishlarning holatini o‘rganib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar belgilash. 

Slide 1 of 4