Mazkur tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi raisi A. Turdiyev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M. Xo‘janov, Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi va a’zolari, shuningdek, Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A. Esanov hamda I. Roziqov ishtirok etdilar.
O‘rganish davomida filial faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, ichki nazorat tizimini takomillashtirish, shaffoflikni ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish hamda bu borada tizimli ishlarni davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati