Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Narmuratov Abdunazar Jurayevichdan navbatdagi deputatlik so‘rovi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Oltinsoy tumani Kengashining haftalik ish rejasi
янв.21
Oltinsoy tumani Kengashining haftalik ish rejasi tahlil
янв.21
Doimiy komissiya va Yoshlar maslahat guruhi
янв.21
Senatda Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – BARCHAMIZNING BURCHIMIZ
янв.21
KENGASH RAISI YOSHLAR MASLAHAT GURUHI VA ISHSIZ YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – BARCHAMIZNING BURCHIMIZ
💡 ELEKTR TA’MINOTIDAGI MUAMMOLAR DEPUTAT NAZORATIDA

💡 ELEKTR TA’MINOTIDAGI MUAMMOLAR DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati Bakir Elboyev tomonidan tuman Elektr ta’minoti korxonasi rahbari Y.Vassiyevga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborildi.

Muammo nimada?

"Amir Temur" MFY hududidagi bir nechta qishloqlarda elektr energiyasi ta’minotida jiddiy kamchiliklar mavjud:

Rudak qishlog‘ida — 21 dona;

Toshqurg‘on qishlog‘ida — 18 dona;

Amir Temur qishlog‘ida — 23 dona;

(Jami 62 dona) simyog‘ochlar yaroqsiz holga kelgan.

Shuningdek, hududni barqaror elektr bilan ta’minlash uchun 3 dona transformator yetishmasligi aniqlangan.

📍Talab:

Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rish va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan 10 kun muddatda yozma hisobot berish so‘ralgan.

⚖️Eslatma: Deputat so‘rovini e’tiborsiz qoldirish yoki noto‘g‘ri ma’lumot berish qonun hujjatlariga muvofiq (MJtK 193-modda) ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

telegram (https://t.me/Shahrisabzt_deputatlari) | facebook (https://www.facebook.com/shahrisabz.tuman.deputatlar)