Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Narmuratov Abdunazar Jurayevichdan navbatdagi deputatlik so‘rovi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Oltinsoy tumani Kengashining haftalik ish rejasi
янв.21
Oltinsoy tumani Kengashining haftalik ish rejasi tahlil
янв.21
Doimiy komissiya va Yoshlar maslahat guruhi
янв.21
Senatda Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – BARCHAMIZNING BURCHIMIZ
янв.21
KENGASH RAISI YOSHLAR MASLAHAT GURUHI VA ISHSIZ YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – BARCHAMIZNING BURCHIMIZ
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati

🌱 Yurt obodligi yo‘lida: Qo‘chqorchi mahallasida navbatdagi yashil tashabbus

Qo‘chqorchi mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi ezgu tashabbus amalga oshirildi. Ushbu tashabbus doirasida Hamid Olimjon xiyobonida keng jamoatchilik ishtirokida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi Shuhratjon Dadaboyev, shahar kengashi deputati shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov, shahar prokurori Sardor Ahmadjonov, mehnat faxriylari, mahalla faollari hamda jamoatchilik vakillari faol qatnashdi. Ishtirokchilar tomonidan hududni yanada obodonlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash va kelajak avlod uchun yashil maskanlar yaratish maqsadida turli manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Mazkur tadbir nafaqat tabiatni asrash, balki aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, ona zaminga mehr tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, nuroniylar va jamoatchilikning birgalikdagi ishtiroki tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.

Slide 1 of 10