Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 2025-yil 1-martdagi VII-10-45-9-0-K/25-son qaroriga asosan, 2025-yilda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida mahallalarda tomorqa yerlarini sug‘orishni yaxshilash bo‘yicha loyihalarning manzilli ro‘yxati tasdiqlangan.

Mazkur yo‘nalishda Boyovut tumanidan “Ma’naviyat”, “Olmazor”, “Paxtakor” hamda “Bunyodkor” mahallalari kiritilgan bo‘lib, tuman deputatlari Alibek Amanlikov hamda Holnisa Shayimovalar tomonidan joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida “Olmazor” mahallasida lotok tarmog‘ini rekonstruksiya qilish ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirilgani aniqlangan bo‘lsa, “Ma’naviyat”, “Paxtakor” va “Bunyodkor” mahallalarida amalga oshirilgan loyihalar yakuniga yetkazilganiga qaramay, ayrim obyektlar hali foydalanishga qabul qilinmagani ma’lum bo‘ldi. Mazkur obyektlar bo‘yicha qabul qilish ishlari “Sirdaryo viloyati hokimligi huzuridagi tomorqa sug‘orish markazi” DM tomonidan amalga oshirilayotgani hamda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, “Paxtakor” mahallasida xavfsizlik talablariga to‘liq rioya etilmaganligi, xususan quyosh panellari va transformator atrofi o‘ralmaganligi, mavjud quvvatning ehtiyojni to‘liq qoplamasligi hamda aholi tomonidan lotok tarmog‘ini qo‘shimcha 500 metrga uzaytirish bo‘yicha murojaatlar mavjudligi aniqlandi.

Slide 1 of 7