Yangiliklar

🏁 Baxmal yoshlari intellektual bahsda kuch sinashdi!

🏁 Baxmal yoshlari intellektual bahsda kuch sinashdi!

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi qoshidagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Elmurod Sattorov tashabbusi bilan tumanda sportni ommalashtirishga qaratilgan navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

“Besh tashabbus” doirasida tashkil etilgan shaxmat musobaqasi yoshlarning intellektual salohiyatini namoyon etuvchi haqiqiy aql jangi bo‘ldi. Strategik mahoratlarini ko‘rsatgan ishtirokchilar orasidan eng kuchli shaxmatchilar aniqlanib, munosib taqdirlandilar. 

🌟 Bu kabi musobaqalar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bilan birga, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatini charxlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3