Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Karomat Mamanova Do'stlik mahallasida bo‘lib, mahalla yettilgi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida deputat mahalla faollari bilan uchrashib, mahalladagi ijtimoiy hayot, aholining ehtiyojlari va mahalla yettilgi orqali amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida ma’lumot oldi.
Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ishlar.
Mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati – aholi orasidagi ijtimoiy ehtiyojmand toifalarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlari o'rganildi.