Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 10-Gulobod saylov okrugidan saylangan deputat Kamolov Abrorjon Abduxakimovich,
13-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasiga Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Qonunning mazmun mohiyatini tushuntirdi.
Tadbir davomida korrupsiya holatlarining ijtimoiy va huquqiy oqibatlari, unga qarshi kurashishning samarali usullari hamda har bitta fuqaroning burchi ekanligi haqida tushuncha berildi.
Uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad-jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan korrupsiyaning oldini olish, xodimlar o'rtasida qonunchilik va halollik tamoyillarini mustahkamlash, bu boradagi huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan iborat bo'ldi.