🔹Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda hududiy Kengash kotibiyatlarining haftalik faoliyati tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi.
🔹Unda Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari Z.Yakubova va N.Akbarova ZOOM platformasi orqali ishtirok etdilar.
🔹 Yig‘ilishda kotibiyatlar faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusi haftada ishlarni samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔹Shuningdek, deputatlar hamda “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
🔹Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati, berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi.