Yangiliklar

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda komissiya raisi E.Yunusov, komissiya a’zolar, kotibiyat mudiri, ekspert maslahat guruhi a’zolari va moliya bo'limi boshlig'i o'rinbosari, inson ijtimoiy xizmatlari rahbari oʻrinbosari ishtirok etdi.

🔹Yig‘ilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga muvofiq, ijtimoiy reestrdagi I-guruh nogironligi bo‘lgan hamda mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan ehtiyojmand oilalar uy-joylarini energiya tejamkor qilib ta’mirlash masalasi ko‘rib chiqildi.

🔹Mazkur yo‘nalishda uy-joylarni izolyatsiya qilish, energiya tejamkor eshik-derazalar hamda quyosh panellari o‘rnatish ishlari amalga oshirilishi belgilandi. Moliyalashtirish “ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari hisobidan ta’minlanadi.

🔹Shuningdek, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun (№938-O‘RQ, 03.09.1993-y.)ning bugungi kundagi ijrosi deputatlar tomonidan joylarda o‘rganilganligi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan holatlar yuzasidan Inson ijtimoiy xizmatlari markazi rahbari o‘rinbosariga tegishli tavsiyalar berilib, qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

🔹Yig‘ilish yakunida tegishli vazifalar belgilab qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 6