Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Tuman Kengashi deputati N.Koʻzieva tomonidan saylov okrugi Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi loyihalar nazorat tartibida oʻrganildi.

Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining “Andijon viloyatidagi “ogʻir” tumanlarni kompleks rivojlantirish boʻyicha dasturlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan tasdiqlangan loyihalarning amalga oshirilishi tuman Kengashi deputati N.Koʻzieva tomonidan saylov okrugi Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi loyihalar nazorat tartibida oʻrganildi.

Oʻrganish jarayonida dasturda belgilangan tadbirlarning ijrosi, loyihalarni amalga oshirish holati tahlil qilindi. Shuningdek, ayrim loyihalar boʻyicha amalga oshirish sur'ati, infratuzilmani rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlashga qaratilgan ishlar ham oʻrganildi.

Oʻrganish natijalari boʻyicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi hamda mas'ul tashkilotlarga ijroni yanada jadallashtirish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.

Slide 1 of 3